AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Sochiga safari doirasida Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

7 fevral kuni Sochida o`tayotgan XXII qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida Davlatimiz rahbari Islom Karimov ishtirok etdi.
 
Islom Karimov Sochiga safari doirasida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Muzokarada O`zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi, deya [url=http://uza.uz/oz/politics/30715/]xabar beradi O`zA. 
 
Eslatib o`tamiz, ushbu Olimpiya o`yinlarida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan sportchilarimiz Kseniya Grigoreva va Artyom Voronov tog` chang`isi, Misha Ge figurali uchish musobaqalarida ishtirok etadi.
 
XXII qishki Olimpiada mustaqil O`zbekiston terma jamoasi qatnashayotgan oltinchi shunday musobaqadir. Mamlakatimiz sportchilari mustaqil jamoa sifatida ishtirok etgan ilk Olimpiada – 1994 yilda Norvegiyaning Lillexammer shahrida o`tgan XVII qishki Olimpiya o`yinlarida  fristayl bo`yicha oltin medalni qo`lga kiritib, ulkan muvaffaqiyatga erishgan edi.
 
O`tgan yillar mobaynida O`zbekiston sportchilari Olimpiya o`yinlarida 6 oltin, 5 kumush va 11 bronza, Osiyo o`yinlarida 54 oltin, 76 kumush va 93 bronza  medaliga sazovor bo`ldi. Bunday natijalar O`zbekiston sportga davlat tomonidan alohida e`tibor qaratilayotgan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlar orasida tobora mustahkam o`rin egallayotganidan dalolat beradi.
 
XXII qishki Olimpiya o`yinlarida 87 mamlakatdan 5,5 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar