AsosiyJamiyat

Sport sharhlovchisi Guberniev qilgan xatosini tan oldi

Kecha Sochidagi qishki Olimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimida Rossiyalik sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniev yurtimiz sportchilarini maydonga chiqqan paytda “Tojikiston terma jamoasini qarshi olamiz”, deya e`lon qilgan edi. 
 
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda o`zbekistonliklarning katta e`tiroziga sabab bo`lgani haqida avval xabar bergan edik.

Bugun Guberniev o`z rasmiy saytida qilgan xatosi uchun O`zbekiston ahlidan rasman uzr so`radi.

“Hurmatli O`zbekiston ahli!

Sochidagi Olimpiya o`yinlari ochilishini sharhlash jarayonidagi xatoyim uchun kechirim so`rayman. Bundan keyin e`tiborli bo`lishga harakat qilaman. Sportchilaringizga Olimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok tilayman!”



 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar