09.02.2014 18:27
O`zbekiston fuqarolari 1 iyuldan biometrik pasportsiz xorijga chiqa olishmaydi
Bu Vazirlar Mahkamasining 6 fevralda imzolangan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori bilan belgilangan.
Qayd etilishicha, qaror qabul qilinishidan maqsad pasport tizimi zamonaviy xalqaro standart va talablaridan kelib chiqib, pasport tizimini keyingi takomillashtirish, O`zbekiston fuqarolarining xalqaro chegara o`tkazish punktlarida pasport nazoratidan o`tishini soddalashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya etilishini ta`minlashdan iborat.





