1

O`zbekistonlik ziyoratchilarning 175 nafar dastlabki guruhi Umraga jo`nab ketdi

Jamiyat 17.02.2014, 10:58
O`zbekistonlik ziyoratchilarning 175 nafar dastlabki guruhi Umraga jo`nab ketdi
175 nafar yurtdoshlarimizdan iborat ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra safariga jo`nab ketdi.

Joriy yilning 15 fevralidan 26 aprel kuniga qadar “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasining zamonaviy avialaynerlarida o`zbekistonlik ziyoratchilarni bahor oyidagi Umra safariga yuborish rejalashtirilgan, deya [url=http://religions.uz/uzb/news/umra_2014_bahor_mavsumi_boshlanishi.mgr]xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati.

Bahorgi umra ziyoratida jami 5904 nafar fuqarolarimizning (Toshkent – Jidda – Toshkent yo`nalishi bo`yicha 31 ta charter reysida) safarlari tashkil etiladi.

Ziyoratchilar Makka va Madina shaharlarida bo`lib, umra ibodatlarini ado etadilar. Ziyorat 10 kunni tashkil etadi (Madinada 4 kun, Makkada 6 kun).

O`zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida “Masjidi nabaviy”dan 25 metr masofada joylashgan to`rt yulduzli “Ajnihat at-Toyyiba” mehmonxonasi, Makka shahrida esa “Haram masjidi”dan 1000 metr uzoqlikdagi “Nama al-Mavadda” mehmonxonasi tayyorlab qo`yilgan.

“Umra-2014” mavsumi tadbirlarini munosib tashkil etish, umrachilar uchun mo`ljallangan mehmonxonalarni qabul qilib olish, transport, oziq-ovqat, oshxona, tibbiy ko`rikxonalar va boshqa shu kabi tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida joriy yilning 10 fevral kuni ishchi guruhining 2 nafar a`zosi Saudiya Arabistoniga safarbar qilingan. Ziyoratchilar ibodati, ovqatlanishi, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish, kuzatish va kutib olish bo`yicha barcha sharoitlar yaratilgan.

Ziyoratchilarning Toshkent aeroportidan kuzatish tadbirlari Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari (Umra ishchi guruhi) bilan birgalikda, uyushgan holda amalga oshirilmoqda. Umra safari davomida ziyoratchilarga 8 nafar ishchi guruh, 29 nafar shifokor va 4 nafar oshpaz xizmat ko`rsatadi.

Safar davomida fuqarolarimiz Makka va Madina shaharlaridagi tarixiy joylarni ziyorat qilishga muyassar bo`ladilar.

Umra ziyoratidan fuqarolarimizning qaytishi 24 fevral kunidan 5 may kuniga qadar amalga oshiriladi.

Umra ziyoratchilarini Jidda aeroportida kutib olish, kuzatish va ularga qulay sharoitlar yaratish ishlari Prezidentimiz Qarori asosida Jiddadagi Bosh konsullikda joriy etilgan Haj va umra masalalari bo`yicha attashe tomonidan tashkil etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1