1

O`zbekistonda milliy mobil aloqa operatori tashkil etiladi

Jamiyat 17.02.2014, 11:33
O`zbekistonda milliy mobil aloqa operatori tashkil etiladi
O`zbekistonda “O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “O`zmobayl” filiali bazasida mobil aloqa milliy operatori tashkil etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joriy yilning 12 fevral kuni “Mobil aloqa milliy operatorini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorini imzoladi, deya [url=http://pressnews.uz/]xabar beradi Pressnews nashri.

Qarorni qabul qilishdan maqsad uyali aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning mobil uyali aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta`minlashdan iboratdir.

“O`zmobayl” milliy operator tarmog`ini tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar jadvalida 2014 yil davomida 1020 bazaviy stansiyalari, 500 ta radiorele uskunasi hamda 2 million raqamga mo`ljallangan billing tizimini o`rnatish ko`zda tutilgan. “O`zmobayl” milliy operatori 2015 yilda viloyat markazlarini qamrab oladi hamda 8 million raqamga mo`ljallangan 1994 ta bazaviy stansiyalar, 2000 ta radiorele uskunulari o`rnatadi 2017 yil davomida kompaniya 3986 ta bazaviy stansiya va 4000 ta majmuada radiorele uskunasini o`rnatib, qolgan aholi punktlarini qamrab oladi. Ta`kidlash joizki, mazkur chora-tadbirlar davomida uskunalar uchun avtonom quyosh fotoelektr tizimlarini o`rnatish ham rejalashtirilgan.

Qarorga asosan, milliy operator horijiy banklar va moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kreditlarini jalb etadi. Qurilish montaj ishlarining harajatlari O`zbekiston respublikasi tijorat banklari hamda “O`zbektelekom” AKning o`z mablag`lari hisobidan qoplanadi.

“O`zbektelekom” telekommunikasiyalar milliy operatori 2018 yilning 1 yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “O`zmobayl” uchun zarur olib kirilayotgan texnologiyalar uchun bojxona to`lovlaridan ozod etiladi.

Shuningdek “O`zmobayl” besh yil muddatga uyali aloqa xizmatlarini ko`rsatish, loyihalash, qurilish ishlarini amalga oshirishda davlat bojlaridan ozod etiladi. Ozod etilayotgan mablag`lar operaor tarmog`ini rivojlantirishga yo`naltirilishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1