1

Milliy aviakompaniyada giyohvandlikka oid jinoyatlarga qarshi kurashish masalalar muhokama qilindi

Jamiyat 27.02.2014, 11:45
Milliy aviakompaniyada giyohvandlikka oid jinoyatlarga qarshi kurashish masalalar muhokama qilindi
“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Uchuvchilar majmuasida Giyohvandlik – xavfsizlikka tahdidmavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi.
 
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi doirasida o`tkazildi.
 
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy-axborot tahlil markazi, Toshkent shahar narkologiya dispanseri, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Uchuvchilar majmuasi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
 
Davra suhbatida mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining tarqatilishi, savdosi va iste`mol qilinishining oldini olish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan narkotik moddalarni iste`mol qilishning zarari va ayanchli oqibatlari xususida yosh avlodni xabardor etishga yo`naltirilgan targ`ibot ishlarini olib borish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog`liq jinoyatlarga qarshi kurashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma`lumotiga ko`ra, bugungi kunda dunyoda 500 million nafardan ziyod kishi giyohvandlik vositalariga qaramlikdan aziyat chekmoqda. Ularning katta qismini 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etayotgani, ayniqsa, ayanchlidir.
 
Mamlakatimizda narkotik moddalar savdosi bilan shug`ullanadigan transmilliy guruhlarni aniqlash, ularning qonunga zid faoliyati va  kontrabanda kanallariga chek qo`yish, tarkibida narkotik moddalar mavjud bo`lgan ekinlarni yo`q qilish va aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida giyohvandlik tarqalishining oldini olish bo`yicha maxsus kompleks tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.
 
Davra suhbatida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog`liq jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgani, narkotik moddalarni iste`mol qilishning zarari, giyohvandlikka qarshi kurash to`g`risida batafsil ma`lumot berildi. Shuningdek, ushbu mavzuga bag`ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
 
 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1