1

Qozog`istonda YTH oqibatida 9 kishi halok bo`ldi jabrlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari bor

Jamiyat 04.03.2014, 22:40
Qozog`istonda YTH oqibatida 9 kishi halok bo`ldi jabrlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari bor

Qozog`istonning Jambil tumanida YTH oqibatida 9 kishi halok bo`ldi. Bu haqda bugun Qozog`iston respublikasi FVV matbuot xizmati xabar berdi.

RIA axborot agentligi xabariga ko`ra, transport hodisasi Olma-Ota – Toshkent avtoyo`lining 175 kilometrida yakshanba kuni kechqurun soat 21:40 da sodir bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra ichida 53 yo`lovchi va 2 nafar haydovchi bo`lgan VanHool avtobusi Mercedes mikroavtobusi bilan to`qnashib ketgan. Mikroavtobusda qancha yo`lovchi bo`lgani aniqlanmagan.

Xabarda aytilishicha, YTH oqibatida mikroavtobus haydovchisi va sakkiz nafar yo`lovchi halok bo`lgan, ular shaxsi aniqlanmagan Qirg`iziston fuqarolaridir.

11 nafar mikroavtobus yo`lovchisi kasalxonaga yotkizilgan, ular orasida O`zbekiston va Qirg`iziston fuqarolari bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1