AsosiyJinoyat

Тошкент вилоятида 5 килограммдан ортиқ опий билан икки шахс қўлга олинди

Toshkent viloyatida Bo‘ka tumanida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olindi.

'Тошкент вилоятида 5 килограммдан ортиқ опий билан икки шахс қўлга олинди'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, oldindan nazoratga olingan, Samarqand shahrida yashovchi 2001 va 2002 yillarda tug'ilgan ikki nafar shaxs qo'shni davlatdan kontrabanda yo'li bilan olib kirilgan 5 kg 160 gramm “opiy” moddasini olib ketayotgan vaqtda ushlangan.

Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo'mitasi xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, sud qaroriga ko'ra “qamoq” ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar