1

​BUXORODA O`ZINI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI XODIMI DEB TANIShTIRGAN FIRIBGAR UShLANDI

Jinoyat 04.12.2017, 14:42
​BUXORODA O`ZINI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI XODIMI DEB TANIShTIRGAN FIRIBGAR UShLANDI

Olot tumani, Qumkashon MFYda yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan Berdiev Rustam Ro`zimuratovich tekin boylik orttirish niyatida birovlarni aldash, ishonchiga kirish orqali turli miqdordagi pullarini qo`lga kiritishda “ustasi farang” firibgarlardan.

Buxoro viloyati IIB bergan ma`lumotlarga ko`ra, R.Berdiev Olot tumani, Xalfa MFY, Ulug`bek ko`chasi 2-xonada yashovchi, uy bekasi Xusainova Umidaxon Shukrulloevnaga o`zini Milliy xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasida yuqori lavozimda ishlashini, tanishlari orqali Olot shahri hududida Qishloq qurilish banki tomonidan qurilayotgan ikki qavatli namunaviy loyihada qurilayotgan uylardan birini arzon narxda sotib olib berishini, so`ngra uni Olot tuman bojxona kompleksidagi oshxonaga ishga joylashtirishini va`da qilib, pora berishga qiziqtirib, uni aldab, U.Xusainovadan 200 AQSh dollari va 2.000.000 so`m naqd pullarini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li orqali qo`lga kiritib, firibgarlik va pora berishga dalolatchilik qilish jinoyatlarini sodir etgan.

Bundan tashqari, R.Berdiev, Olot tumani, Kesakli MFYda yashovchi, Egamova Mamlakat Mehmonovnaga onasi betob bo`lib qolganligini, uni davolatishga pul zarur ekanligini, bir hafta ichida to`liq qaytarib berishini va`da qilib, uni aldab, 1.500.000 so`mlik bir juft tilla ziraklarini va 500.000 so`m naqd pullarini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritganidan so`ng va`da qilingan pullarni bermasdan turli xil baxonalar qilib, uning ishonchini suiiste`mol qilish yo`li orqali firibgarlik jinoyatini sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan R.Berdievga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,25,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1