1

GM UZBEKISTAN «Chevrolet Orlando» oilaviy avtomobilini taqdim etdi

Jamiyat 11.03.2014, 00:13
GM UZBEKISTAN «Chevrolet Orlando» oilaviy avtomobilini taqdim etdi

Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan «Driver`s Village» avtosalonida yangi avtomobil taqdimoti bo`lib o`tdi.

O`rta o`lchamdagi etti o`rinli yangi avtomobil «Chevrolet Cruze» rusumidagi sedan platformasi asosida yaratildi. «General Motors Korea» jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ixcham avtomobil o`ziga xos ajoyib dizayni bilan ajralib turadi.

Xorazm viloyatida ishlab chiqarilayotgan ushbu avtomobil 141 ot kuchiga ega, 100 kilometrga o`rtacha 7,9 litr yonilg`i sarflaydigan tejamkor dvigatel va olti pog`onali avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.

«Chevrolet Orlando» shinamligi, salonining kengligi va yuk tashish imkoni mavjudligi bilan ham e`tiborlidir. Buyumlarni qo`yishga mo`ljallangan maxsus joylarning ko`pligi haydovchi va yo`lovchilar uchun qo`shimcha qulaylik yaratadi. Priborlar paneli esa ko`plab vazifalarni bajara oladi.

Avtomobil old va yon tomondan xavfsizlik yostiqchalari, boshqaruv rulining past-balandligiga qarab tormozning o`z-o`zidan blokirovkaga tushib qolishiga qarshi tizim, orqa tomonni ko`rish uchun yon ko`zgular, old o`rindiqlarni to`rt tomonga ham moslaydigan funksiyalar bilan ta`minlangan. Shuningdek, yomg`ir datchigi, harorat, tezlikni haydovchi ishtirokisiz nazorat qilish qurilmalari va boshqa qulayliklarga ega. 

«General Motors»ning eng so`nggi yutuqlarini o`zida mujassam etgan zamonaviy «Chevrolet Orlando» o`zining ajoyib dizayni va xavfsizlik tizimi, yuksak texnik xususiyatlari bilan nafaqat O`zbekiston, balki xorijlik xaridorlarga ham manzur bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1