1

Farzandini 6 million so`mga baholagan ona

Jinoyat 22.01.2018, 10:13
Farzandini 6 million so`mga baholagan ona

Olga Petrova qizi Alyonadan ko`ra nabirasini ko`proq yaxshi ko`radi. Endi olti yoshga to`lgan qizaloq bilan kuni bo`yi andarmon bo`lib, vaqt qanday o`tganini ham sezmay qoladi. "O`rigidan mag`izi shirin", deb bejiz aytishmas ekan-da, deb yozadi O`zA.

Ammo so`nggi paytlarda Alyona qizini turtkilaydigan, jerkiydigan odat chiqardi. Bunday bejo harakatlari etmaganday, telefonda kimlar bilandir uzoq gaplashar, asabiylashar edi. Buni sezgan onaning ko`ngli notinch, kimlar bilandir telefonda gaplashib, nimalarnidir savdolashgan qizining harakatlari uni xavotirga solardi.


Ha, onaning ko`ngli yomonlikni oldindan sezadi. Bir kuni hamma uyda jamuljam o`tirganida Alyonaning qo`l telefoni jiringlab qoldi. U telefonda bamaylixotir gaplashar ekan, yuzida allaqanday mamnunlik aks etdi. Telefonni o`chirgach, u qizining kiyimlarini almashtirib, qo`lidan etaklagancha eshikka yo`naldi. Onasining xavotir aralash ”Qayoqqa?” degan savoliga, “Shunday, o`zimiz bir aylanib kelmoqchimiz”, deb qisqa javob berdi. Hech narsadan xabari yo`q qizaloq xursand bo`lgancha onasining qo`lidan tutdi. Buvisi ming xavotirda qoldi.

Biroq, oradan ko`p o`tmay, xonadon eshigi taqilladi. Eshikni ochgan Olga Petrova qarshisida turgan ichki ishlar bo`limi xodimlarini ko`rib hayron bo`ldi. Ular orqasidan qizi va nabirasi ham uyga kirib kelishdi. Huquq-tartibot organi xodimlari Alyona qizalog`ini tanishiga olti million so`mga sotayotganida qo`lga olinganini ma`lum qilishdi. Sodir bo`lgan voqeadan boshi egilgan buvi nabirasini bag`riga bosar ekan, ayollik nomiga isnod keltirgan qizining qilmishidan afsus chekdi.

Ayolni, avvalo, ona, insoniyat naslining davomchisi, deb ulug`laymiz. Barcha ezguligu yaxshiliklarning avvali ham ana shu mo``tabar zotga borib taqaladi. Biroq, "guruch kurmaksiz" bo`lmaganidek, ular orasida ham ayollik sha`niga, onalik martabasiga dog` tushiradiganlar, afsuski, uchrab turadi. Qarshi shahrida yashovchi Alyona Ivanova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) ham ana shundaylar toifasidan bo`lib chiqdi. Hayotga engil qaraydigan, farzandini komil inson qilib tarbiyalash o`rniga, uni mo`may pulga alishmoqchi bo`lgan bu ayolning qilmishiga pushaymonligi mazkur jinoyat ishi yuzasidan bo`lib o`tgan sud majlisida e`tiborga olindi. Uning yashash va oilaviy sharoiti o`rganilib, unga qilmishidan xulosa chiqarish uchun yana bir bor imkoniyat berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1