Farg`ona viloyatining Buvayda tumanida 3 fevral kuni tuman IIBga tushgan xabarga ko`ra, shu yil 1 fevral soat 15.00 larda Chirkay mahallasida yashovchi, uy bekasi, 1981 yilda tug`ilgan Zilolaxon Rojieva uyi hojatxonasida jinsi o`g`il bolaga mansub bo`lgan chaqaloq tug`gan, deya xabar beradi Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti.
Ayol uni parvarish qilmay qasddan o`ldirish maqsadida, o`zining kiyimi bilan chaqaloqning butun tanasi va yuz qismini o`rab, harorati sovuq bo`lgan xonaga yashirib qo`yishi natijasida chaqaloq vafot etgan.
Zilola Rojieva uyida jasadni 3 kun hech kimga bildirmay saqlab kelganligi aniqlangan. Natijada Zilola Rojieva qo`lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






