1

O`tgan hafta yo`l-transport hodisasi tufayli 100 dan ziyod fuqaro jarohatlandi

Jamiyat 13.02.2018, 09:41
O`tgan hafta yo`l-transport hodisasi tufayli 100 dan ziyod fuqaro jarohatlandi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabariga ko`ra, 2018 yil 5-11 fevral kunlari respublika avtomobil yo`llarida jami 120 ta yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 113 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Xabarda o`tgan hafta davomida respublika yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 90 ming 500 ga yaqin qoidabuzarliklar aniqlangani aytilgan. Ularning 46 ming 638 tasi qo`pol qoidabuzarliklar toifasiga kiradi. Jumladan, 1 ming 883 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 15 ming 284 holatda haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 1 ming 119 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagan. Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 205 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 1 ming 124 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 ming 447 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1