AsosiyJamiyat

Yoshlar jinoyatchililiga qarshi hamkorlikda kurashish belgilandi

' Yoshlar jinoyatchililiga qarshi hamkorlikda kurashish belgilandi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek tumani Darhon mahallasi hududida joylashgan Transport kasb-hunar kollejida o`tkazilgan sayyor uchrashuvda ham sud-huquq sohasidagi yangiliklar, fuqarolar va yoshlarning bugungi huquqiy savodxonligi to`g`risida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Sayyor uchrashuvda Toshkent shahar sudi, tuman ichki ishlar bo`limi, xotin-qizlar qo`mitasidan vakillar qatnashdi.

Tadbirda Mirzo Ulug`bek tumani misolida yoshlar va voyaga etmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining bosh sabablari haqida fikr yuritildi. Xususan tadbirda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, tumanda 2017 yil yoshlar tomonidan 3383 nafar yoshlar turli ko`rinishdagi jinoyatlar sodir etilgan. Shundan 2790 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan. 70 nafar yoshga sudda qidiruv e`lon qilingan bo`lsa, 579 nafariga ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikdan cheklash chorasi qo`llanilgan. 62 holatda guruh bo`lib og`ir va o`ta og`ir jinoyat qilish holati kuzatilgan. Jazoga tortilgan yoshlarning 692 nafari muqaddam sudlangan shaxslar bo`lgan.

— Bu kabi ma`lumotlarni fuqarolarga ochiq aytayotganimiz bejizga emas, — deydi Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomov. — Chunki bugun biz mahallalarda fuqarolarni, yoshlarni va voyaga etmaganlarni sodir etilishi mumkin bo`lgan xatolardan ogoh etishimiz ham kelgusida jinoyatlarning bir qadar kamayishiga olib keladi. Ota-onalar, mahalla, o`quv dargohlari o`qituvchilari voyaga etmaganlarga nisbatan nazoratni kuchaytirishi talab qilinadi. O`z navbatida, bu kabi sayyor uchrashuvlarga aholi, ayniqsa yoshlarni jalb etilayotgani ularning o`zlarida ham jinoyatchilikka qarshi immunitetni shakllantirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Darhaqiqat, sayyor uchrashuvda fuqarolar sud-huquq xodimlariga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan birgalikda talab va takliflarini ham bildirishdi. Jumladan, fuqarolar maktabda o`qituvchining nufuzi tushib ketayotgani, ya`ni ayrim o`qituvchilarning o`z vazifasiga sidqidildan yondoshmayotgani, kasbiy malakasi etishmayotgani, o`quv jarayoniga o`quvchilarni jalb qila olmayotganini aytib o`tdilar. Shuningdek, bunday holat o`qituvchilarga o`quvchilarni qattiq tartibli ta`lim-tarbiya berishida qiyinchilik tug`dirishini ta`kidladilar.

Mazkur sayyor uchrashuv davomida mahalla faollari, ta`lim muassasasi va sud-huquq xodimlari huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi choralarni yanada kuchaytirishga kelishib olishdi.

Farruh To`raxadjaev,

Jinoyat ishlari bo`yicha

Mirzo Ulug`bek tuman sudi sudyasi

    Boshqa yangiliklar