“O`zstandart” agentligi davlat inspektorlari tomonidan ist`emol bozoriga oid ma`lumotlar o`rganilgach, inson salomatligiga zarar etkazadigan mahsulot aniqlandi.
Isroil davlatidan olib kelinadigan “Lift gel activateur” nomi ostidagi gel mahsuloti tarkibida N-nitrozodietanolamin (NDELA) moddasi borligi aniqlangan.
Ushbu modda kanserogen xisoblanib, a`zoda xatarli o`smalarning paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin.






