AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda haydovchi YPX inspektoriga jarohat etkazdi

'Qashqadaryoda haydovchi YPX inspektoriga jarohat etkazdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat IIB YPX inspektori S.Rasulov 14 fevral kuni soat 11.35 da Beshkent shahridagi «Hamza—Mustaqillik» ko`chalari chorrahasida xizmat olib borayotib, shu erda harakatlanib kelayotgan Ma`rufjon Madiyorov boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinani to`xtatadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

M.Madiyorovdan mashina hujjatlari so`ralganida, u xodimning qonuniy talablariga bo`ysunmay, yuziga urib, voqea joyidan qochib ketadi. Jarohat olgan inspektor kasalxonaga yotqizildi.

Ko`rilgan choralar natijasida M.Madiyorov qo`lga olindi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar