Tibbiyot qo`llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori imzolandi.
Qarorga ko`ra, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan o`lchash funksiyalariga ega bo`lgan barcha tibbiy texnika metrologik nazoratidan o`tkazilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
Tibbiyot laboratoriyalarining sifati va kompetentligi belgilangan tartibda akkreditasiyadan o`tkaziladi.
“O`zstandart” agentligining “O`zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi hamda hududiy sinovlar va sertifikatlashtirilgan markazlari o`lchash funksiyalariga ega bo`lgan tibbiy texnika metrologik nazoratini o`tkazish uchun vakolatli idoralar etib belgilandi.
Qarorda “O`zbekiston milliy metrologiya instituti” DKda hamda hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida tibbiyot tashkilotlaridagi o`lchash funksiyalariga ega bo`lgan tibbiy texnika metrologik nazoratini amalga oshirish bo`yicha ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilish nazarda tutilgan.
Hujjat matni bilan www.lex.uz tanishishingiz mumkin






