Singil opasini boshiga bolta bilan urdi

Jinoyat 19.02.2018, 11:09
Singil opasini boshiga bolta bilan urdi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi «Katta polvon» mahallasida 17 fevral, soat 19.00 larda oilaviy janjal yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

1972 yilda tug`ilgan T.Jonbo`taeva uyida o`zi bilan birga yashagan opasi, 1964 yilda tug`ilgan Sh.Jonbo`taevaning boshiga bolta bilan urib, jarohat etkazdi.

Hodisa oqibatida Sh.Jonbo`taeva voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. T.Jonbo`taeva esa qo`lga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1