AsosiyJamiyat

Ziyoratgohlarni obodonlashtirish uchun 3 mlrd. so`mdan ajratiladi

'Ziyoratgohlarni obodonlashtirish uchun 3 mlrd. so`mdan ajratiladi'ning rasmi

Vazirlar mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.

- Qaror bilan qabristonlar joylashgan hududlarda diniy marosimlar (janoza, marhumlarni xotirlash) o`tkazishga mo`ljallangan maxsus joy tashkil etiladi.

- Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy byudjetlariga 3 mlrd. so`mdan mablag` ajratiladi.

- Rekonstruksiya qilish va ta`mirlash talab etiladigan eski masjidlar ro`yxati shakllantiriladi hamda ular Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi hamda homiylar hisobidan 2018-2019 yillar davomida rekonstruksiya va ta`mirlanadi.

Vazirlar mahkamasining mazkur qarori e`lon qilingan kundan boshlab, ya`ni 2018 yil 17 fevraldan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar