1

​1-sinf o`quvchilari xaftasiga 5 kun o`qiydi

Jamiyat 19.02.2018, 13:59
​1-sinf o`quvchilari  xaftasiga 5 kun o`qiydi

Joriy yilning 1 martidan boshlab tizimli ravishda umumiy o`rta ta`lim maktablarining 1-sinflari haftalik o`quv davomiyligi 5 kun bo`lgan o`qish jarayoniga o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozir 1-sinf o`quvchilari besh kunlik o`qish tartibiga o`tkazilsa, keyingi o`quv yilidan boshlab 5-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar ham bu jarayonga jalb etiladi.

Besh kunlik o`qish jarayoniga o`tilishi munosabati bilan ota-onalar va keng jamoatchilik o`rtasida bu borada targ`ibot tadbirlari amalga oshiriladi. Unda asosan ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga, oilani jipslashtirish, ota-onalar va farzandlar o`rtasida mehr-oqibatni rivojlantirish hamda chin ma`nodagi oilaviy an`analarni vujudga keltirish, madaniy tarixiy obidalarga birga sayohat uyushtirish masalalariga alohida e`tibor qaratiladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1