1

Buxoroda voyaga etmagan qizni o`g`irlagan shaxs ushlandi

Jinoyat 21.02.2018, 10:33
Buxoroda voyaga etmagan qizni o`g`irlagan shaxs ushlandi

2018 yilning 15 fevral kuni taxminan soat 07:40 larda Buxoro shahar, Orifon ko`chasi 63-uyda yashovchi Muxayyo Saidova voyaga etmagan farzandlarini maktab va maktabgacha ta`lim muassasasiga olib borish maqsadida uyidan chiqib, ko`chadan o`tib ketayotgan, o`ziga notanish bo`lgan “Neksiya” rusumli, sariq rangli taksi avtomashinasiga o`tiradi.

Ushbu transport vositasini boshqarayotgan haydovchi B.Naqshband yo`nalishi bo`yicha harakatlanib yo`lda uchragan yana bir yo`lovchiga to`xtatib uni avtomashinasiga o`tirg`izadi.

Fuqaro M.Saidova o`g`li Asadbek Xolmatovni B.Naqshband ko`chasida joylashgan 1-sonli umumta`lim maktabiga qoldirish uchun haydovchidan avtomashinani to`xtatishni so`rab, o`g`li bilan avtomashinadan tushadi. O`g`lini maktabgacha kuzatib qo`ygan M.Saidova qarasaki, qizi Aziza Xolmatova hamda o`zining sumkasi turgan taksi avtomashinasi noma`lum tomonga ketib qolgan.

Fuqaro M.Saidova bo`lgan voqeani shu hududda xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni 1-otryad komandiri katta leytenant Akobir Bozorovga aytib berganidan so`ng, bu haqda Buxoro shahar IIB navbatchilik qismiga axborot beriladi.

Buxoro IIB xabariga ko`ra, Fuqaro M.Saidovaning ishtirokida Buxoro shahrida mavjud kuzatuv kameralari orqali ushbu avtomashina Buxoro shahar, Orifon ko`chasi, 24-uyda yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan Djumaev Umid Xo`jaqulovga tegishli ekanligi aniqlanib, voyaga etmagan Aziza Xolmatova xodimlarning tezkorligi natijasida onasiga qaytarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1