20 yoshlik yigit avval qizga, so`ngra o`ziga pichoq urdi

Jinoyat 21.02.2018, 10:39
20 yoshlik yigit avval qizga, so`ngra o`ziga pichoq urdi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida yashovchi yosh yigit oldin o`ziga, keyin sevgan qiziga pichoq uradi.

Ular (1999 yilda tug`ilgan N.Ch hamda 1998 yilda tug`ilgan B.S) o`tkir tig`li jismdan olgan tan jarohati tufayli tuman kasalxonasiga yotqiziladi.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari davomida, 2018 yil 19 fevral kuni soat 13:30 larda, Buxoro tumani, Gala-osiyo shahridagi istirohat bog`ida B.S. o`zining hamqishlog`i N.Ch.ni oldindan sevganligi, ular o`rtasidagi bu munosabatga qizning oila a`zolari qarshilik ko`rsatayotganliklari, shu sababli yigit qizga qochib ketish taklifini bildirganligi, N.Ch. esa yigitning bu taklifiga rad javobini bergandan so`ng uni o`ldirish maqsadida yonida bo`lgan pichoq bilan N.Ch.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, o`ziga bog`liq bo`lmagan holatda jinoyatni oxiriga etkaza olmagan va o`zini o`ldirish maqsadida pichoqni tomog`iga suqib, o`ziga-o`zi tan jarohati etkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan B.Safarovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1