AsosiyJamiyat

Andijonda tabiiy gaz koni topildi

'Andijonda tabiiy gaz koni topildi'ning rasmi

Yaqin kunlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yana bir gaz qudug`i ishga tushiriladi. O`tgan yil noyabrida ham bu erda tabiiy gaz koni topilgandi, deya xabar beradi O`zA.

«Andijonneft» va «Qo`qon parmalash ishlari» aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari tomonidan olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida Buloqboshi tumanining Uchtepa qishlog`i hududida tabiiy gaz koni mavjudligi aniqlanib, qazish va parmalash ishlari amalga oshirildi.

— Hududda to`rtta quduq qazildi, — deydi «Andijonneft» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi M.Davlatov. — Bugungi kunga kelib, 3-quduq ishga tushirildi. Mazkur quduq orqali ayni kunda 80-90 atmosfera bosimi miqdorida gaz qazib olinmoqda. Yana bir quduqni ishga tushirish bo`yicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Qazib olinayotgan gaz esa «O`ztransgaz» Andijon viloyati gaz ta`minoti hududiy filiali tomonidan iste`molchilarga etkazib berilmoqda.

Hududda mavjud er osti tabiiy gaz zaxiralarini aniqlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar