1

Davlatimiz rahbarining yana bir xayrli tashabbusi

Jamiyat 22.02.2018, 12:31
Davlatimiz rahbarining yana bir xayrli tashabbusi

Prezidentimizning g`oyasi bilan O`zbekiston tarixida yangi “Obod qishloq” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu bilan mamlakatimiz qishloqlarining qiyofasi tubdan o`zgaradi. Dastlabki manzil – Jizzax viloyati Do`stlik tumanining "Manas" qishlog`i.

Insonning hayotga munosabatini o`zgartiradigan, oilasi bilan baxt-saodat tuyg`usini his qilishiga asos bo`ladigan muhim omil – shinam va ko`rkam uy-joyga ega bo`lishida, desak, mubolag`a bo`lmaydi. Sog`lom, doimiy ish va daromad manbaiga ega insonlar uy-joy qurish yo xonadonini ta`mirlash, obod qilishga imkon topadi. Lekin bunda yana bir toifa – o`z uy-joyi bor, biroq unda bir inson hayotdan rozi bo`lib yashashi uchun mutlaqo yo qisman shart-sharoit yo`q insonlar ham borki, ular o`z turmushini yaxshilashda aro yo`lda qolib ketayotgan edi. Ayniqsa, qishloq joylarda shunday uylar kam emas: kimningdir uyi o`ta ta`mirtalab, yana birovning topgani dasturxondan ortmagani uchun oddiy devorini ta`mirlashga ham imkoni yo`q. Bunday sharoitda yashayotgan ayollarning, farzandlarning, albatta, ruhiyatida katta bezovtalik bo`lishi tabiiy. Shu bois Prezidentimiz g`oyasi bilan yana bir xayrli tashabbusga qo`l urildiki, buning samarasida endi ham shunday insonlarning hayotiga yangi mazmun kirib keladi, ham qishloqlarimizning ko`rki va tarovati go`zallashadi. “Obod qishloq” deb ataladigan bu loyihaning birinchi bosqichida qishloq joylarda amaldagi qonunchilik bilan belgilangan qurilish normalari va sanitariya talablariga javob bermaydigan, ta`mirtalab uylarda yashovchi oilalar ro`yxati shakllantiriladi. Keyingi bosqichda keng jamoatchilik va faol yoshlarni keng jalb etgan holda manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda abgor ahvolda bo`lgan uylarni ta`mirlash va obodonlashtirish, shu jumladan, uzoq va chekka hududlardagi qishloqlar qiyofasini o`zgartirish maqsadida hasharlar tashkil etiladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1