1

Surxondaryoda marixuana tarqatgan masjid noibi qo`lga tushdi

Jinoyat 24.02.2018, 19:45
Surxondaryoda marixuana tarqatgan masjid noibi qo`lga tushdi

Surxondaryo viloyatining Denov shahrida marixuana tarqatgan masjid noibi qo`lga tushdi. Bu haqda O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

21 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan Z.Imamov ko`chada to`xtatilib tekshirilgan va uning yonida 4,6 gramm marixuana borligi aniqlangan.

Z.Imamov ushbu giyohvandlik moddasini «Bahriston» mahallasi Shahriston ko`chasida yashovchi, «Umari Odil» jome masjidi noibi, 1989 yilda tug`ilgan A.Meliboevdan olganligi aniqlangan. A.Meliboev giyohvandlik moddasini Denov tumani Feruz ko`chasida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan S.Kenjaevdan olganligini bayon qilgan.

«S.Kenjaevning yashash uyi tekshirilganda, 10 kilogramm 7,17 gramm gashish va 3 kilogramm 675,37 gramm marixuana giyohvandlik moddalari topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda bu vositalarining kelib chiqish manbasini aniqlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1