1

Haydovchi ​yo`l patrul xizmati xodimini urib ketdi

Jinoyat 03.05.2018, 15:40
Haydovchi ​yo`l patrul xizmati xodimini urib ketdi

Toshkent shahrining M.Ulug`bek tumanida 2 may kuni soat 19.00larda, “Toshkent Avto Agent” MChJ haydovchisi, Sh.Aliev o`ziga biriktirilgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini “M.Ulug`bek-Do`rmon yo`li” ko`chalari chorrahasida haydab ketayotib, shu chorrahada xizmat olib borayotgan, YPX inspektori, kichik serjant Yu.Sultonovni urib yuborgan.

Natijada kichik serjant Yu.Sultonov jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 2018 yilning 2 may kuni soat 07:40larda Buxoro viloyati Romitan tumanida D.G`oibov “Neksiya” rusumli avtomashinasini G`uzor-Nukus A-380 avtomobil yo`lida boshqarib ketayotib, yo`lning 411 km.ga etgan vaqtida boshqaruvni yo`qotishi natijasida, avtomashina ag`darilib ketgan. Natijada avtomashina salonida yo`lovchi sifatida ketayotgan, G.N (ismi o`zgartirilgan) tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1