1

Buxoroda shaxslar o`rtasida kelib chiqqan janjal o`lim bilan tugadi

Jinoyat 04.05.2018, 14:01
Buxoroda shaxslar o`rtasida kelib chiqqan janjal o`lim bilan tugadi

Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Muborak MFY, Turkman qishlog`ida yashovchi, Qorovulbozor tumani Jarqoq MFY hududidagi “Faxriddin – To`ra” fermer xo`jaligida cho`pon bo`lib ishlaydigan, 1978 yilda tug`ilgan I.O`.ning Jarqoq QVPga vafot etgan holdagi jasadi olib kelinganligi to`g`risidagi xabarga ko`ra voqea joyiga tezkor-tergov guruhi yuboriladi.

Marhumning o`lim sabablarini aniqlash maqsadida olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tutla MFY, G`udbindi qishlog`ida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan M. H. va marhum I.O`. o`rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida H. M. “IJ” rusumli motisikl ustida o`tirgan I. O`.ning bosh qismiga qo`li bilan urib, yiqilgandan so`ng yana oyog`i bilan do`pposlaganligi natijasida og`ir tan jarohati olgan I.O`. vafot etganligi aniqlangan.

Buxoro IIB xabariga ko`ra, ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1