Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekistonda PAYNET faoliyati to`xtaliladi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
UZPAYNET kompaniyasi shuni ma`lum qiladiki, PAYNET savdo belgisi ostida aholidan to`lovlarni qabul qilish faoliyati to`xtatilmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq banki va «Mikrokreditbank»ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan aholidan to`lovlarni PAYNET savdo belgisi ostida qabul qilish faoliyati O`zbekiston Respublikasi Xalq banki tuzulmasi tarkibida amalga oshiriladi.
To`lovlarni qabul qilish tizimi ish faoliyati uzluksiz va oddatdagidek davom etmoqda.
Hozirda aholiga va to`lov agentlariga qo`shimcha qulayliklar yaratish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.






