Toshkent shahar hokimligida Prezidentimiz farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 18 nafar shaxsga O`zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari topshirildi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta`minlashda alohida e`tibor qaratilayotganligi ta`kidlandi.
"Men, ushbu kunni qaytadan tug`ilgan kunim deya, e`tirof etdim. Guyo tush ko`rayotgandekman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga o`zim nomimdan, bu baxtni yillar davomida mendek intizor kutgan oilam nomidan minnatdorchilik bildiraman", – deydi M.Qurbonov
O`zA xabariga ko`ra, fuqarolik pasportlarini Toshkent shahar hokimi v.b J.Ortiqxo`jaev topshirdi.






