AsosiyJamiyat

Transport vositasining oynalarini qoraytirganlar jarimaga tortilmoqda

' Transport vositasining oynalarini qoraytirganlar jarimaga tortilmoqda'ning rasmi

Har bir harakatning o`z me`yori bo`ladi. Ayniqsa, transport vositalarini boshqarayotganlar uchun shunday muhim belgilangan qoidalar borki, ularga amal qilishi shart. Hech bir qoida shunchaki o`ylab topilgan. Belgilangan har bir qonun-qoidalarda, eng avvalo, insonlar manfati inobatga olingan. Biroq ko`cha-ko`yda tartiblarga amal qilmay, belgilangan talablarni buzib harakatlanayotgan avtotransport vositalarini kunda uchratamiz.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabarida 30 aprel – 6 may kunlari respublika avtomobil yo`llarida ana shunday belgilangan talablarni buzgani oqibatida jami 141 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada 137 fuqaro turli darajada jarohatlangan.

O`tgan haftada yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 79 ming 707 qoidabuzarliklar aniqlangan. Ularning 39 ming 415 tasi qo`pol qoidabuzarliklar toifasiga kiritilgan. Jumladan, 1 ming 629 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 12 ming 857 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgan, 903 haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish, 10 ming 785 haydovchi esa odam tashish qoidalariga amal qilmagan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 219, harakat vaqtida telefondan foydalangan 802 va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 13 ming 376 haydovchilar ham to`xtatilgan.

Xabarda barcha qoidabuzarlarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko`rilgani aytilgan. Eslatib o`tamiz, belgilangan qoidalarga amal qilmaslik insonlar hayotiga xavf solish bilan barobardir.

    Boshqa yangiliklar