Andijonda 9 may Xotira va Qadrlash kuni oldidan harbiy parad bo`lib o`tdi.
Viloyat hokimligi, Mudofaaga ko`maklashuvchi ”Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi, mudofaa ishlar boshqarmasi hamda harbiy qismlar tomonidan tashkil etilgan tadbir Asaka tumanidan boshlandi.
«Ona Vatan chorlaydi!», «Tinchlik uchun!», «G`alaba uchun!», «Vatanimiz uchun!», «Xotira mangu», «Vatan ulug`, burch muqaddas!», «Tinchlik degan bebaho ne`matning qadriga etaylik!», «Tinchligingga jonim fido, muqaddas Vatan!», «Vatan hissi, Vatan tuyg`usi barcha narsadan qadrliroq», «Vatanga xizmat-oliy saodat» shiorlari qadalgan harbiy va jangovor texnikalar Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi maydonga keldi.
Urush davri harbiy kiyimida bo`lgan askarlar, yigit va qizlar kuy va qo`shiqlarga raqsga tushdilar. Ularga atrofdagilar jo`r bo`ldi.
"Andijonnoma" nashrining yozishicha, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan g`alaba, tinchlik madh qilingan kuylar tadbirga ko`tarinki kayfiyat baxsh etdi.











