AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi katta restoranlardan biri ham buziladi

'Poytaxtdagi katta restoranlardan biri ham buziladi'ning rasmi

Poytaxtdagi katta restoranlardan biri, "Ezidiyor" bazmgohi ham buziladi. Bu haqda «O`zA» xabar berdi.

Bugun «Toshkent siti» ob`ektidagi qurilish avjida. Ayni damda O`qchi mahallasidan yangi uyga ko`chirilmagan 20ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi so`nggi kunlarida gaz ta`minotidan uzib qo`yilgan edi, ammo, suv va elektr bor.

"Odamlar arz qilishni biladi, lekin mana vaziyatni ko`ring, qanday qilib gaz ta`minotini saqlab qolish mumkin. Aholini Yashnobod va Olmazor tumanidagi uylarga ko`chirib kelyapmiz. Iloji boricha ana shu odamlar ko`ngliga qarashga intilyapmiz. Lekin shunga qaramasdan ular orasida norozi bo`layotganlari ham yo`q emas.
To`yxona atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda. Ushbu obektlardagi tadbirkor o`zlariga boshqa er tanlab ulgurmaganlar. Tarbirkorlarga boshqa hududlardan joy ko`rsatilgan", - deya kuyinib gapirdi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G`oyibnazarov.

ad37b141-4a01-426b-a5b3-ad43d482e234.jpg

    Boshqa yangiliklar