AsosiyJamiyat

Fotoreportaj: O`zbek qahramonining haykali o`zining tarixiy joyiga o`rnatildi

'Fotoreportaj: O`zbek qahramonining haykali o`zining tarixiy joyiga o`rnatildi'ning rasmi

Bugun General - mayor Sobir Rahimov haykalining tarixiy joyiga o`rnatilishiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda veteranlar, yoshlar, Toshkent shahar hokimiyati vakillari va generalni xotirlash uchun yig`ilgan harbiylar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir shodlik va quvonch ruhida bo`lib o`tdi. Mahobatli haykalga nazar solishga yig`ilgan mehmonlarning qalblari shodu-xurramlikka to`ldi.

Endilikda obodonlashtirilgan yangi maydon poytaxtimiz aholisi uchun sevimli joylardan biriga aylanadi.





    Boshqa yangiliklar