Qonliko`l tumanida «Arba» agro etnik turistik maydoni tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda Kruz.uz nashri.
«Bu joyda qoraqalpoqcha, turkmancha, qozoqcha o`tov(qor uy)lar bor. Karavatlar esa o`zbekcha. Bu maydonchani «Xalqlar do`stligi» deb atamoqchi edik. Lekin bu uzunroq nom. Bundan tashqari turistlarning ham yodlarida qolishi qiyin. Shuning uchun milliy nom «Arba» yodimizga keldi va shu nomda to`xtaldik. Bu nom hammaning yodida qoladi. Arvaning pasti bir xonali joy. Yo`lda motosikl va velosipedda ko`p turistlar o`tishadi. Ular kelib dam olib ketishlari mumkin", - deydi tuman hokimi o`rinbosari Qural Abdikarimov.
Maydonchaing ochilish marosimi 25-26 may kunlariga belgilangan.
Shuningdek, xabarda maydonga tuya va otlar keltirilishi haqida ham aytib o`tilgan.



Rasmlar muallifi Baurjan Botabaev






