Biz uchun “Halol turizm” tushunchasi yangilik. Shu sabab “Ortadogu Grup”kompaniyasi “Halol turizm yo`nalishida tajriba almashinuvi, hamkorlik va istiqbolli harkat mavzu”sida o`tkaziladigan anjumanga taklif etishganda qiziqib qoldim.

Aslida turizmning bu yo`nalishi paydo bo`lganiga hali ko`p vaqt bo`lgani yo`q. “Halol turizm atamasi” mintaqamizda yaqin-yaqindan ishlatila boshlandi. Dunyoda islom diniga e`tiqod qiluvchi 1,6 milliard aholi istiqomat qiladi, shundan qariyb 150 millioni har yili sayohatga chiqadi. Shundan kelib chiqib, “Halol turizm” bugungi kun uchun juda kerak degan xulosaga kelish mumkin.

Xo`sh, “Halol turizm” o`zi nima? U oilaviy hordiq chiqarish, hamyonbop turar joylarda tunab, sifatli, ozoda ovqatlanish shoxobchalarida taomlanish hamda isrofgarchilikni xush ko`rmaydiganlar uchun yaratilgan xizmat turidir.
2017 yilda yilda “Halol turizm” bo`yicha «Grescent Rating» tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingda O`zbekiston 28-o`rinni egallagan. Birinchi o`ntalikka esa Malayziya, Indoneziya, Marokash va Turkiya mamlakatlari o`rin olgan.

Bular orasidan bizga til, din va madaniyat jihatdan yaqin bo`lgan, qardosh Turkiyaga o`zbekistonliklar ko`proq sayohatga borishadi. Turkiyada turizm ancha rivojlangan, ayniqsa “Halol turizm” Shunday ekan turizm sohasida ulardan ko`p narsalarni o`rganishimiz mumkin.
Tadbir tashkilotchisi “Ortadogu Grup” kompaniyasi nafaqat turli sohalardagi yirik loyihalari balki “Halol turizm” standartlariga to`la javob beradigan “Wome Deluxe” oilaviy mehmonxonasi bilan ham mashhur.

Ushbu mehmonxona vakili Mesut Menderes Karabog`a tadbirga so`zga chiqib, yig`ilganlarga mehmonxona haqida batafsil ma`lumot berdi:
– “Halol turizm” standartlariga to`la javob beradigan kompleksimizda boshimiz toji bo`lmish ayollarimiz uchun alohida sharoitlar yaratilgan. Ular uchun mehmonxonada hovuzlar va dengiz sohilida plyaj maydoni begona erkaklarning nazari tushmaydigan qilib o`rab qo`yilgan. Bolalar uchun ham maxsus, ko`ngilochar, tarbiyaviy tadbirlarga boy maydonchalar ajratilgan. Ota-onalar farzandlarini ishonib topshirib, bemalol hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Otelimiz Turkiyada eng katta otel bo`lish birga “Halol turizm” dasturini tatbiq etish bo`yicha ham birinchi hisoblanadi.
Bundan tashqari, otelda 450 kishiga mo`ljallangan masjid ham bor. 2015 yilda qurilgan otelimiz oxirgi ikki yil ichida 255 ming sayyohni qabul qildi. Otelimiz yana bir jihati bilan, ya`ni 365 kun sayyohlarni qabul qila olishi bilan ham boshqalardan farq qiladi.
“Radisson Blu Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo`lib o`tgan ushbu taqdimot turizm sohasida faoliyat yuritadigan hamyurtlarimiz va OAV vakillarida katta qiziqish uyg`otdi. Ular “Wome Deluxe” vakiligao`zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, bundan tashqari hamkorlik yuzasidan firklar almashishdi.






