Bugun Ozarboyjonning O`zbekistondagi elchixonasida Ozarboyjon prezidenti Geydar Alievning tavallud kuni munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirda Ozarboyjon diasporasi va madaniyat vakillari ishtirok etishdi.Ozarboyjan Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisiGuseyn Guseynov so`zga chiqib, mamlakat uchun eng qiyin pallada rahbarlik qilgan Geydar Alievning hayoti va faoliyati hamda ikki mamlakat o`rtasidagi do`stona munosabatlar haqida to`xtaldi.

Shundan so`ng mehmonlar Geydar Alievning byustiga gul qo`yib, hurmat bajo keltirishdi. Mamlakatni 30 yil davomi boshqargan Haydar Alievning chekiga eng qiyin pallada rahbarlik qilish tushdi. Uning hayot yo`li, siyosiy mahorati va matonati barchamiz uchun o`rnak bo`lishga arziydi. Uozarboyjon xalqini va o`z mamlakatini haddan ortiq sevardi. Haydar Aliev xotirasi ozarbayjon xalqi va qardosh xalqlar xotirasida abadiy qoladi.






