AsosiyJamiyat

Bekobodda haydovchi rulda uxlab qoldi, jabrlanganlar bor

'Bekobodda haydovchi rulda uxlab qoldi, jabrlanganlar bor'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida noxush voqea sodir bo`ldi. Xaydovchining rulda uxlab qolishi tufayli 2 shaxs nobud bo`lib, 2 shaxs tan jarohati oldi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma`lum bo`lishicha, 9 may kuni soat 06.00larda, J.S boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini tuman hududidan o`tuvchi “Qorasuv-Bo`ka-Bekobod” avtomobil yo`lining 71-km.da haydab ketayotib uxlab qolishi oqibatida yo`l chetidagi sim yog`ochga urilgan.

Natijada haydovchi J.S. hamda yo`lovchi A.A. voqea joyida vafot etgan. Qolgan 2 yo`lovchi tan jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar