AsosiyJamiyat

Paxtachida talonchi ayollar guruhi qo`lga olindi

'Paxtachida talonchi ayollar guruhi qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 11 may kuni Toshko`prik mahallasida 3 nafar noma`lum ayol G.S. uyiga kelib talonchilik qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

Jinoyatchilardan ikki nafari uy egasini ushlab turgan. Yana biri uydan 200 AQSh dollari, 280 ming so`m puli, 3 turdagi mato, bir dona pichoq, 3 dona sochiq, bir dona “Samsung” telefon apparati va quvvat manbaini olib voqea joyidan yashiringan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi S.J., Kitob tumanida yashovchi Z.X.va birga yashovchi singlisi Z.X.lar sodir etganli aniqlangan va ular ushlangan.

    Boshqa yangiliklar