AsosiyJamiyat

Suv bosgan ko`chalar: hokimlik nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini izohladi

'Suv bosgan ko`chalar:  hokimlik nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini izohladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13 may kuni yoqqan yomg`ir poytaxt markaziyu, chekka hududlarda ham kattayu kichik ko`lmaklar hosil qilib, transport vositalarining hamda aholining harakatlanishiga qiyinchiliklar tug`dirdi.

"Nima sababdan bunday holat yuzaga keladi, uni bartaraf etib bo`lmasmikin? Buning sabablari ko`p. Masalan yomg`ir-qor suvlarini tortib ketishga mo`ljallangan shaharning drenaj-lotok tizimi joriy holati tabiat injiqliklari oldida ojiz qolmoqda. Bunyod etiluvchi barcha ob`ektlarini kuzatgan bo`lsangiz, kommunikasiyalari aniq o`lchamlarda olinadi, binolarda barcha sharoiti etarli bo`lishiga erishilishdan tashqari, obodonlashtirish borasida ham zarur tadbirlar qilinadi. Ana shunda yomg`ir suvlariga mo`ljallangan quvurlar bo`lishi va suv to`planib qolishining oldini olish alohida inobatga olinadi. Boshqa tashkilot va fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorliklarda esa aynan shahar rejasiga ko`ra qurilgan yuzlab yomg`ir suviga mo`ljallangan quvirlar ko`mib yuborilgani kuzatilgan", — deyiladi hokimlik xabarida.

Shuningdek, shahar drenaj-lotok tizimi ob`ektlarining xaqiqiy holatini o`rganish bo`yicha Toshkent shahar hokimligi qoshida maxsus ishchi guruh tuzilmoqda. Ishchi guruh tarkibiga tegishli tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, “Suvsoz” korxonasi va tashabbuskor shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinib, yuqorida ko`rsatilgan xolatlarni kelgusida takrorlanmasligi bo`yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi va bajarilishi ta`minlanadi. Takliflarni ishlab chiqishda dunyoning yirik megapolis shaharlarida qo`llanilgan zamonaviy texnologik echimlar o`rganiladi va qo`llanadi.

    Boshqa yangiliklar