AsosiyJamiyat

“Oilaga huquqiy yordam” onlayn-aksiyasi o`tkaziladi

'“Oilaga huquqiy yordam” onlayn-aksiyasi o`tkaziladi'ning rasmi

15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Oilaga huquqiy yordam” onlayn-aksiyasi o`tkaziladi.

Ushbu xabarni o`qigan vaqtingizdan boshlab telegramdagi @oilakuniadliyabot telegram botiga yoki feysbukdagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustisiey” sahifasiga oila qonunchiligiga oid savollaringizni yo`llashingiz mumkin.

15 may kuni kun davomida Adliya vazirligi mutaxassislari onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholiga bepul huquqiy maslahatlar berib boradi, ya`ni yo`llangan savollarga javob beradi.

15 may soat 15:00 da esa Adliya vaziri o`rinbosari Akbar Toshkulov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustisiey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.

Aksiya reglamenti va savollar yo`llash tartibi bilan quyidagi havolada tanishing: https://goo.gl/o2fWYR

    Boshqa yangiliklar