AsosiyJamiyat

“Murad Buildings” qurilishni to`xtatdi

'“Murad Buildings” qurilishni to`xtatdi'ning rasmi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 8-daxasida joylashgan 17, 18, 19 va 20 sonli ko`p qavatli uylar orasida “Murad Buildings” kompaniyasi tomonidan 1,23 ga er maydonida ko`p qavatli turar-joy qurilishi boshlanishi bo`yicha ushbu xududda yashovchi aholidan Toshkent shahar hokimligiga murojaat kelib tushdi.

"Murojaat Toshkent shahar hokimi tomonidan o`rganib chiqildi. “Murad Buildings” kompaniyasi rahbari Murod Nazarov ushbu holat bo`yicha Toshkent shahar hokimi bilan telefon orqali muloqotidan so`ng, qurilish ishlarini to`xtatdi va shu hududda yashovchi aholi ehtiyoji uchun zarur bo`lgan binoni o`z hisobidan qurib berishga va mahalla fuqarolar yig`iniga topshirishga rozi ekanligini bildirdi", - deyilgan hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar