AsosiyJamiyat

Ichimlik suvi: fakt va raqamlar

'Ichimlik suvi: fakt va raqamlar'ning rasmi

Toshkent davlat yuridik universitetida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan «Ichimlik suvi qanchadan-qancha odamlar uchun hali ham shirin orzuligicha qolmoqda» mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlashni tubdan yaxshilash, ichimlik suvi resurslaridan oqilona foydalanish to`g`risida keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini o`tkazish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda inspeksiya xodimlari, san`atkor va diniy ulamolardan vakillar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda, ma`ruzachilar tomonidan aytilganidek, dunyo suv zaxirasini atigi 1,7 foizini tashkil etadigan toza ichimlik suvi tanqisligi allaqachon global muammoga aylanib ulgurgan. Olimlarning aniqlashicha, dunyodagi kasalliklarning 80 foizidan ortig`i ichimlik suvi tanqisligidan kelib chiqadi. Sizu biz kran jo`mragini burashimiz bilan sharillab oqib keladigan suvga etish uchun Osiyo va Afrika davlatlarining suvga muhtoj aholisi bir kunda 6 kilometrlab yo`l bosishga majbur bo`lmoqda. Bu kabi suv tanqisligi muammosi tufayli er yuzida har 15-20 soniyada bir bola, bir kunda esa o`rtacha 4500 ta bola hayotdan ko`z yummoqda. Oddiygina dush qabul qilish chog`ida 10 daqiqa ochib qo`yilgan suv 200 ta bolaning iste`moli uchun zarur bo`lgan suv miqdoriga teng.

Talabalarga suvni asrash, undan oqilona foydalanish zarurligi kabi fikrlar ana shunday aniq, ta`sirli raqamlar, faktlar bilan berildi.

Davra suhbati so`nggida ma`ruzachilar talabalarning savollariga javob berishdi.

    Boshqa yangiliklar