1

Samarqandda “Afrosiyob” poezdiga tosh otgan shaxsning kimligi ma`lum bo`ldi

Jinoyat 17.05.2018, 17:22
Samarqandda “Afrosiyob” poezdiga tosh otgan shaxsning kimligi ma`lum bo`ldi

“Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo`nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poezdining vagon oynasiga tosh otgan shaxsning kimligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, 15 may kuni “Samarqand-Zarafshon” temir yo`l bekatlari oralig`ida “Afrosiyob” tezyurar poezdining vagon oynasiga tosh otilishi natijasida vagon oynasi darz ketgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida tezyurar poezd oynasiga Samarqand shahridagi 37-o`rta maktabning 5-sinf o`quvchisi tosh otganligi aniqlangan.

U va onasi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1