AsosiyJamiyat

Paxta xomashyosining yakuniy hisob-kitoblari to`g`riligi yuzasidan nazorat olib boriladi

'Paxta xomashyosining yakuniy hisob-kitoblari to`g`riligi yuzasidan nazorat olib boriladi'ning rasmi

Endi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi paxta tozalash korxonalarida ham davlat nazoratini amalga oshiradi.

“O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to`g`risida nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Mazkur o`zgartirish va qo`shimchalarga ko`ra, Bosh boshqarma paxta tozalash korxonalarida ham davlat nazoratini amalga oshiradi.

Xususan, endilikda qabul qilingan paxta xomashyosi va uni qayta ishlashdan olingan tayyor mahsulotlar harakati hisobi va hisobotlari haqqoniyligi, qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilingan paxta xomashyosi uchun amalga oshirilgan yakuniy hisob-kitoblarning to`g`riligi yuzasidan ham nazorat olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar