AsosiyJamiyat

“Chorvoq” erkin turistik zonasi tashkil etildi

'“Chorvoq” erkin turistik zonasi tashkil etildi'ning rasmi

“Chorvoq” erkin turistik zonasi chegaralari, erkin turistik zonani yanada rivojlantirish konsepsiyasi, Ustavi, yo`l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” tashkil etildi.

“Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan “Chorvoq” erkin turistik zonasi chegaralari (94 805,32 gektar), erkin turistik zonani yanada rivojlantirish konsepsiyasi, Ustavi, yo`l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” tashkil etildi.

Eslatib o`tamiz, “Chorvoq” erkin turistik zonasi Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy investisiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholining dam olishi va turizmi uchun sharoitlarni yaxshilash, turizm xizmatlari sohasida yangi ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish maqsadida 2017 yil 5 dekabrdagi Prezident Farmoniga asosan tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar