AsosiyJamiyat

​Qashqadaryoda Qorabayir otchilik majmuasi ishga tushdi

'​Qashqadaryoda Qorabayir otchilik majmuasi ishga tushdi'ning rasmi

Qashqadaryoda “Sho`rtangazkimyo majmuasi” mas`uliyati chekalangan jamiyati qoshidagi “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ta`kidlash joizki, mauzkur majmuaning bunyod etilishi tashabbusi muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 24 fevralida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog`ida o`rtaga tashlangan edi. Prezidentimiz o`shanda milliy iftixorimiz sanalgan qorabayir otlari va har bir o`zbek o`g`lonining qoniga singib ketgan tug`ma chavandozlik xususiyati haqida alohida ta`kidlagan edilar.

287d89cc-9d3a-4c9e-ae83-8006a3023d11.jpg

Ushbu otchilik majmuasini qurish, yaylov va qishloq xo`jalik ekinlarini ekish uchun jami 1 ming 204,6 gektar er maydoni ajratildi.

Majmua o`zida nasos xo`jaligi, 2 ta 200m3 sug`orish va 2 ta 50m3 ichimlik suvini saqlash xavzalarini, ochiq manej maydoni (140m x 75m), 2 ta 50 o`rinli 1 va 3 yoshgacha bo`lgan otlar uchun otxona binolari, 2 ta 50 o`rinli 3 yoshdan oshgan otlar uchun otxona binolarini, yopiq manej binosini (yopiq manej, ma`muriy bino va 500 o`rinli tribuna), otni mexanik tarzda qumda yurg`izuvchi yopiq manej binosini, otni mexanik tarzda suvda yurg`izuvchi yopiq manej binosini, 2 ta em saqlash omborxonalarini qamrab olgan.

5dc1e872-9a59-44da-8209-3d067b879e48.jpg

Taniqli ot sporti ustalari tomonidan namoyish etilgan konkur va uloq choptirish musobaqalari barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro`ziev ishtirok etdi.

Ma`lumot o`rnida: Mutaxassislarning qayd etishicha, qorabayir zotli otlar ustidagi dastlabki seleksiya ishlari bundan uch yarim ming yil avval qadimgi Farg`ona vodiysi va Jizzax vohasida bir paytning o`zida olib borilgan. Ko`hna Xitoy yozma manbalari va mamlakatimizning turli mavzelaridan topib o`rganilgan qoyatosh suratlari – petrogliflar qorabayir zotining yoshi uch ming yildan ziyod ekanligini amalda isbotlaydi. Deylik, Farg`ona vodiysidagi Aravon qishlog`idan topilgan toshsuratlarda eramizdan uch ming yil avval yilqichi ajdodlarimiz qorabayir zotli otlarning suratini chizganligi zamonamiz olimlarining tadqiqotlarida isbotlangan.

e6b91943-4679-43ed-bb1c-bc4a1df864e8.jpg

    Boshqa yangiliklar