O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Kuba Respublikasining Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi raisi Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga Kubada yo`lovchi samolyotining halokati oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lganligi munosabati bilan maktub yo`lladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
«Kuba xalqi uchun ushbu qayg`uli kunda samimiy ta`ziyamni qabul qilishni va halok bo`lganlarning oila a`zolari hamda yaqinlariga hamdardlik va dalda so`zlarini, shuningdek, jarohatlanganlarga tezda sog`ayishlari tilagini etkazishni so`rayman», - deyiladi davlat rahbari maktubida.
Eslatib o`tamiz, Kubada aviahalokatga uchragan Boeing 737 yo`lovchi laynerining bortida 110 kishi — 104 nafar yo`lovchi va 6 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.






