AsosiyJamiyat

21 may kuni ayrim hududlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi

'21 may kuni ayrim hududlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 may kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar