Xabaringiz bor, YPX xodimlari tomonidan to`xtash va to`xtab turish qoidalariga amal qilmagan holda belgilanmagan joyda qoldirib ketilgan avtotransport vositalari foto va videotasirga olinib, qoidabuzar haydovchilarga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirish tartibi yo`lga qo`yildi.
Toshkent IIB xabariga ko`ra, ushbu haftaning o`tgan 3 kunida (16-18 may) Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 174 ta holatda ana shunday qoidabuzarliklar aniqlangan. Hozirga qadar shundan 39 tasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 1286 moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 1286 moddasiga muvofiq, transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi, eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huddi shunday huquqbuzarlikni ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, eng kam ish haqining o`n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, eng kam ish haqining o`n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.






