AsosiyJamiyat

Toshkentda oldin berkitilgan yana ikkita ko`cha ochiladi

'Toshkentda oldin berkitilgan yana ikkita ko`cha ochiladi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko`ra, oldin berkitilgan Amir Temur xiyoboni aylanma yo`liga qo`shilib ketuvchi ikkita ko`cha ochiladi.

"Poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida Amir Temur xiyobonidan («Ugolok» kafesi) to Zarafshon ko`chasigacha va Sharof Rashidov ko`chasidan to Matbuotchilar («Poytaxt» savdo majmuasi) ko`chasi bo`ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo`ligacha transport harakati uchun yo`l ochiladi", deyilgan multimedia axborot xizmati xabarida.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratga qaraganda, allaqachon «Matbuotchilar» ko`chasida («Poytaxt» savdo markazi) qurilish ishlari boshlab yuborildi.

    Boshqa yangiliklar